Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat Xizmati Forumi
O‘zbekistonda ilk bor: Samarqand 2025 yilda BMTning Davlat xizmati forumiga mezbonlik qiladi!
2025 yil 23-25 iyun |📌“Silk road Samarkand” majmuasi, O‘zbekiston.
O‘zbekiston ilk marotaba BMTning nufuzli Davlat xizmati forumi - 2025ga mezbonlik qiladi.
Global tadbir vazirlar, yuqori martabali davlat amaldorlari, fuqarolik jamiyati yetakchilari va innovatorlarni davlat xizmatining istiqboli haqida fikr almashish uchun bir joyga to‘playdi.
❗️Mavzu: "2030 yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish"
Tashkilotchilar:
▫️BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA);
▫️O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
▫️Strategik islohotlar agentligi;
▫️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi.
